Nega aynan KIUF?!
Koreya va xorijda ta'lim olgan malakali professorlar mutaxasislik fanlari bo'yicha bevosita ma'ruza o'tadilar. Koreyada ta'lim olgan malakali tarjimonlar darslarni tashkillashda professorlarga ko'maklashadilar(og'zaki-sinxron va dars qo'llanma tarjimasi asosida).
Koreya o'quv dasturi asosida ta'lim berish Mutaxasislik bo'yicha zamonaviy o'quv qurollari va o'quv jihozlarining borligi. Barcha ma'ruza xonalarining zamonaviy elektron doskalar bilan jihozlanganligi. Texnik muhandislik yo'nalishlari uchun zamonaviy amaliyot binosining mavjudligi (2022/2023 o'quv yilidan foydalanishga topshiriladi). Yo'nalishlar bo'yicha maxsus to'garaklar faoliyatining mavjudligi(2022/2023 o'quv yilidan rejalashtirilgan).
Mutaxasislik bo'yicha Koreyaning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlik ishlari. Ta'til vaqtida talabalarning mutaxasislik bo'yicha amaliyotga chiqish rejalari. Universitetni tamomlagach talabalarning Koreya kompaniyalarida ishlash imkoniyati. Bitiruvchi talabalarning O'zbekistondagi Koreya kompaniyalarida ishlash imkoniyati.
A'lo baholari, olimpiada g'olibligi, imkoniyati cheklanganlik, viloyat hokiligi tavsiyasi bilan, bir oila vakillarining universitetda tahsil olayotganligi, ishchi xodimning farzandi ekanligi shunga o'xshash turli xildagi imtiyozlarga ega bo'lish mumkin
Koreya Respublikasida oliy ta'lim vazirligining ma'lumotiga tayanib 2021-yilning kontrakt summasi va 2020-yilning yotoqxona summasi belgilangan. Ushbu to'lov miqdorlari valyuta kursi va boshqa holatlarga qarab o'zgarishi mumkin