Qabul bo'limi



Farg’ona shahridagi Koreya xalqaro universitetining qabul va tashkiliy ishlar bo’limiga xush kelibsiz.

Qabul va tashkiliy ishlar bo’limi universitetimizda tahsil olishni orzu qilgan bo‘lajak talabalar va ularning ota-onalariga universitet haqida turli ma’lumotlar taqdim etish va ularga to‘g‘ri kasb yo‘lini tanlashda yordam berish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Sizlarni orzuyingiz ro’yobga chiqishida ta’lim imkoniyatlarini va kelajagingizni yaratishda akademik harakatlari kutilayotgan universitetimizning qabul jarayonlarini oson va aniq qilib tushuntiramiz. 

Qabul va tashkiliy ishlar bo’limining asosiy vazifalari

Qabul ma’lumotlarini taqdim etish: Fakultetlar tanishtiruvi, qabul qilish usuli, qabul jarayonlari kabi qabulga oid barcha ma’lumotlarni tizimli ravishda taqdim qilib, arizachilarni qabul jarayonini tushunishlari va tayyorlanishlari uchun yordam beramiz.

Maslahat berish: O’qish istagida bo’lgan bo’lajak talabalar va ularning ota-onalari uchun professional maslahat xizmatlarini taqdim etamiz. Sizlarning kelajak yo’lingizni tanlashda aynan kerak bo’ladigan maslahatlar berib ishonch bilan tayyorgarlik ko’rishingizni qo’llab-quvvatlaymiz.

Universitet targ’iboti va tadbirlari: Ochiq kampus, o’qishga kirish tanishtiruvi kabi turli xil tadbirlar va dasturlar orqali universitetimizning  akademik afzalliklari va talabalarni qo'llab-quvvatlash tizimlarini targ'ib qilib, bo’lajak talabalarga o’quv binosidan bevosita foydalana olishlari uchun imkoniyatlar taqdim etamiz.

Onlayn hujjat taqdim etish: Istalgan vaqtda istalgan joyda kerakli bo’lgan ma’lumotlarni olishingiz, shuningdek, qabul bo’yicha hujjat va video roliklar, Q&A kabilarni veb-sayt orqali taqdim etamiz.

Biznig qabul va tashkiliy ishlar bo’limi siz aziz bo’lajak talabalarni universitetimizda o’z  kelajagingizni rejalashtirib, ozularingizni ro’yobga chiqarish yo’lida ishonchli qo’llanma bo’ladi. Sizlarning harakatlaringizni qo’llab-quvvatlaymiz va birgalikda bajaramiz.

Qabul va tashkiliy ishlar bo’limi bilan birgalikda kelajak sari birinchi qadam! 

Biz sizlarni Farg’ona shahridagi Koreya xalqaro universitetida kutib qolamiz!

rasm topilmadi
PARK TAE KYONG
rasm topilmadi
MIRKAMILOV AZIZBEK ZAINATDINOVICH
rasm topilmadi
Lee Youngseok
rasm topilmadi
Ikromov Ulug'bek
rasm topilmadi
Ergasheva Shamozatxon
rasm topilmadi
Turdiyev Bilol

@kiuf_uz
@kiuf_rasmiy
@kiufuz
+998954019454