Talabalar bo'limi
Xush kelibsiz!
Talabalar bo‘limi talabalarning muvaffaqiyatli ta’lim olishi va sermazmun Universitet hayotini o‘tkazishi uchun turli xizmatlar va dasturlarni taqdim etuvchi bo‘limdir. Biz har bir talabani tinglab-tushunib, ularning o‘z bilim va salohiyatini yuqori darajada ro‘yobga chiqarishi uchun har tomonlama yordam beramiz.
Talabalar bo‘limining vazifalari
• Talabalarni har doim qo‘llab-quvvatlash xizmati: Talabalar bo‘limi o‘qish bo‘yicha maslahatlar, kasbiy yo‘nalish va ishga joylashish bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash, psixologik maslahatlar kabi turli dasturlar orqali talabalarning o‘qish va kasbiy yo‘nalishda muvaffaqiyatli harakat qilishlariga yordam beradi. Shuningdek, talabalarning duch keladigan turli qiyinchilik va muammolarini birgalikda hal qilish uchun, ishonchli yordamchi bo‘lishni ham har doim o’z oldimizga maqsad qilganmiz.
• Talabalar turar joyi va ijara xonadonlarini boshqarish: Qulay va xavfsiz talabalar turar joyini taqdim etib, talabalarning o‘qish bilan tinch va xavfsiz shug’ullanishlariga ko‘maklashamiz. Talabalar turar-joyi hayoti orqali talabalar jamoasi ruhiyatini rivojlantirib, turli ta’lim imkoniyatlarini yaratishni o’z oldimizga dolzarb maqsad qilganmiz.
• Sog’lik-salomatlik va talabalar farovonligini qo‘llab-quvvatlash: Talabalarning jismoniy faolligi va ruhiy salomatligini ta’minlash uchun turli dasturlar va sog‘liqni saqlash xizmatlarini taqdim etamiz. Sog‘lom turmush tarziga ega universitet hayoti uchun zarur bo‘lgan barcha qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini taqdim etamiz.
• Talabalar huquqlarini himoya qilish: Talabalar bo‘limi talabalarning huquqlarini himoya qilish va xavfsiz o‘quv muhitini yaratishga intiladi. Talabalarning teng huquqlardan foydalanishini ta’minlash uchun faol ravishda qo‘llab-quvvatlaymiz.
Talabalar bo‘limi bilan birga Universitet hududi hayoti!
Bizning Talabalar bo‘limimiz Sizning barcha ezgu orzu va maqsadlaringizni amalga oshirish yo‘lida har doim yoningizda bo‘ladi. Universitetdagi talabalik hayotingiz purmazmun va baxtli bo‘lishi uchun, Talabalar bo‘limi SIz aziz talabalar uchun har doim ochiq!
Umurzakova Dilfuza Ilxomovna |
|
Prorektor |
Qosimov Xayrullo Sa'dullayevich |
|
Bandlik va ma’naviy-marifiy ishlar bo’yicha mutaxassis |
Askarxodjayeva Muxayyoxon Yusupxodjaevna |
|
Imtiyozlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha mas’ul xodim |
LEE EUN KYUNG |
|
Professor |
Quvondiqov Alisher Abdualim o'gli |
|
Talabalar turar joyi bo’yicha mas’ul xodim |
Sirochidinov Javohir Buriyevich |
|
Yoshlar kengashi va tyutorlar bilan ishlash bo’yicha mas’ul xodim |