Universitetimizga yangi rektor tayinlandi

Farg’ona shahridagi Koreya xalqaro universiteti konferensiyalar zalida 100 nafarga yaqin professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida yangi rektor, Ph.D. Han Jae Seok, inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi.
Shu kunga qadar oliygohga rahbarlik qilgan ta’sischi Park Joon Ho barcha professor-o'qituvchilar va xodimlarga minnatdorchilik bildirib, yangi rektorning kelgusi faoliyatiga omad tiladi.
Yangi rektor bunga qadar Koreyadagi Seojeong universiteti va Jangan universitetlarida vitse-prezident hamda Koreya universitetlari assotsiatsiyasi prezidenti lavozimlarida ishlagan.
U oʻzining marosimda soʻzlagan nutqida taʼlimning qadr-qimmatini bilishga va amaliy yoʻnaltirilgan taʼlim mazmunini qoʻllashga va shu bilan birga mahalliy boshqarma va qo'mitalar bilan hamkorlikda taʼlim berishga vaʼda berdi.