Umumta'lim koreys tili ta'limi markazi
Umumta’lim koreys tili ta’limi markazi haqida
Farg‘ona shahridagi Koreya Xalqaro universitetida Koreya usulidagi xususiy universitet sifatida Koreys tili fani majburiy fan sifatida tasdiqlangan. “Umumta’lim koreys tili” majburiy fan sifatida koreys tilida talabalar universitet hayoti va mutaxassislik doirasida koreys tilida bemalol muloqot qilib, shu asosda o‘qishni muvafaqqiyatli olib borishi uchun yordam beradigan fandir. “Umumta’lim koreys tili” fanida tilning to‘rt vazifasi so’zlashish, eshitish, o‘qish, yozish mujassamlashtirilgan holda ta’lim jarayoni olib borilmoqda. Shu bilan birga talabalarning koreys tili mahoratini oshirish uchun Koreys tilidan malaka imtihoni (TOPIK)ga tayyorlanish uchun fanlar belgilangan. Umumta’lim koreys tili ta’limi markazida KIUF talabalari koreys tili mahoratini oshirishlari uchun o‘quv reja va fan dasturi yaratilib, “Umumta’lim koreys tili” fani orqali muvafaqqiyatli o‘qish samaradorligiga erishish uchun faol tarzda yordam berib kelinmoqda.